Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qashqadaryolik shaxs fuqaroni 150 ming dollarga «uxlatdi»
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 2018 yil 7 noyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil iyun oyida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi Z.B. Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “Korzinka” supermarketi oldida tanishi, Qorasuv 1-dahada yashovchi M.M.ga Qashqadaryo viloyatidan go‘sht mahsulotlarini olib kelib, Toshkent shahrida birgalikda sotishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs aldov yo‘li bilan undan 150 000 AQSh dollarini olib ketgan va va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida Z.B. qo‘lga olingan.
Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026