Sport | 11:41 / 25.12.2018
13572
2 daqiqa o‘qiladi

2018 yilda eng ko‘p marta raqibini aldab o‘tgan futbolchi aniqlandi

Foto: Getty Images

«Barselona» yetakchisi Lionel Messi 2018 yil davomida top-5 ligalarida to‘p suruvchi barcha futbolchilar ichida beshta ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Ortda qolayotgan yil davomida Messi:
– gollar,
– golli paslar,
– jarima zarbalaridan urilgan gollar,
– jarima maydoni tashqarisidan urilgan gollar,
– golli vaziyat yaratish,
– raqib futbolchisini aldab o‘tish bo‘yicha barchadan yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.

Leo, shuningdek, «Barselona»ning yil mobaynida urgan jami 147ta golidan 70tasida (47,6 foiz) bevosita ishtirok etgan: 47tasiga o‘zi mualliflik qilgan bo‘lsa, 23ta golga assistent bo‘lgan.

31 yoshli argentinalik La Liganing bu mavsumida 15ta o‘yin o‘tkazib, 15+10 mahsuldorlik natijasining muallifi bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Messi o‘z faoliyatida 5-marta Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purariga topshiriladigan «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan edi.

Mavzuga oid