Jahon | 01:31 / 25.12.2018
14315
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh o‘rniga Saudiya Arabistoni Suriyani qayta tiklash uchun mablag‘ ajratadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni hokimiyati Suriyani tiklash uchun AQSh o‘rniga mablag‘ ajratishga rozilik berganini e'lon qildi. Bu haqda Amerika yetakchisi dushanba kuni o‘z Twitter’ida yozdi:

«Saudiya Arabistoni hozir Qo‘shma Shtatlar o‘rniga Suriyani tiklash uchun ketadigan zarur mablag‘ni ishlatishga rozilik bildirdi. Ko‘ryapsizmi? Axir badavlat davlatlar Buyuk Davlat o‘rniga bu yerdan 5000 mil uzoqlikdagi qo‘shnilariga yordam qo‘lini cho‘zgani ajoyib emasmi? Saudiya Arabistoniga tashakkurlar!»

Ilgari Amerika rasmiylari Suriyaning hukumat qo‘shinlari nazorati ostida bo‘lgan qismini tiklashda qatnashmasliklarini bir necha bor ta'kidlab o‘tishgan edi.

O‘tgan hafta Oq uy Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni boshlaganini, biroq «Islom davlat» terrorchilik guruhi ustidan g‘alaba koalitsiyaning mavjudligi bartaraf bo‘lishini anglatmasligini e'lon qilgan edi.

Suriyadagi qurolli mojaro 2011 yildan buyon davom etmoqda. 2017 yil oxirida Suriya va Iroqda IShID ustidan g‘alabaga erishilgani e'lon qilingan edi. Suriya Arab Respublikasining ayrim hududlarini jangarilardan tozalash davom etmoqda. Ayni vaqtda mamlakatni siyosiy tartibga solish, Suriyani tiklash va qochqinlarni qaytarish birinchi planga chiqmoqda.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid