Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus AQSh harbiy bazasining Polshada joylashtirilishini «tahdid» deb hisoblamoqda
Belarus mudofaa vaziri Andrey Ravkovning ma'lum qilishicha, qo‘shni hududlarda xorijiy harbiy bazalarni joylashtirish Belarus hukumati tomonidan «tahdid» sifatida ko‘riladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Ravkovning aniqlik kiritishicha, u «tahdid» so‘zi bilan ma'lum bir vaziyatda «harbiy xavfni harbiy tahdid darajasigacha» olib kelishi mumkin bo‘lgan «omillar yoki omillarning kombinatsiyasi»ni nazarda tutmoqda.
Shuningdek, mudofaa vazirining qayd etishicha, Fort Trump («Fort Tramp») harbiy bazasini Polsha hududida joylashtirish «xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik hamda barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shmaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko o‘z yig‘ilishida amaldor tomonidan yozib olingan «Pul kam, mersedeslar yo‘q» so‘zlariga izoh bergandi.
Mavzuga oid
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026