Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Pul kam, mersedeslar yo‘q». Lukashenko o‘z yig‘ilishida amaldor tomonidan yozib olingan so‘zlarga izoh berdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma'lum qilishicha, haqiqatdan ham prezidentlik yig‘ilishida «Pul kam, mersedeslar yo‘q», deb aytgan. Buni avvalroq yig‘ilish ishtirokchilaridan birining yozuvlarida payqashgandi.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u ba'zi sportchilarning fikrlashi haqida gapirgan.
«Ular bir xil gapiradi, men ularning gapini so‘zma-so‘z keltirdim: pul, mersedeslar. Bizning sportchilar shunday fikrlaydi. Unda yaxshilab ishlang - klyushka yoki to‘p bilan yaxshiroq harakatlaning, natijalar ko‘rsating. Shu maqsadda aytilgandi», - deya ma'lum qildi Lukashenko.
18 dekabr kuni Aleksandr Lukashenko sportning yozgi turlarini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Belarusning ONT telekanali o‘z lavhasida yig‘ilish ishtirokchilaridan birining bloknotini ko‘rsatdi, u yerda shunday yozilgandi: «Pul kam, mersedeslar yo‘q...».

Belaruslik amaldorlardan aynan kim bu so‘zlarni yozib olgani noma'lum. «Nasha niva» nashrining taxminicha, bloknot bosh vazir sobiq o‘rinbosari, hozirda Belarus golf assotsiatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Vladimir Drajinga tegishli.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026