Jahon | 18:55 / 26.12.2018
3592
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda prezident saylovi o‘tkazish muddati uch oyga kechiktiriladi

Foto: Reuters

Afg‘oniston mustaqil saylov komissiyasi 20 aprelda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan prezident saylovi muddatini uch oyga ortga suradi. Bu haqda saylov komissiyasidagi manbasiga asoslanib 1TVnews telekanali xabar berdi. 

Xabar qilinishicha, saylov kechiktirilgani haqida 27 dekabr kuni rasman e'lon qilinadi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, saylovning kechiktirilishi saylov tuzilmalarini shakllantirish ishlari bilan bog‘liq. Bundan tashqari, kechiktirish “Tolibon” harakati vakillari bilan tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorgarlik ortida yuz bermoqda.

Avvalroq BMTning Afg‘oniston bo‘yicha missiyasi vakili Tobi Lanzer tashkilot saylovning ehtimoliy ortga surilishiga qarshilik qilmasligini bildirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid