Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin Yevropada yangi yadroviy raketalar joylashtirilishiga qarshi chiqdi
Agarda o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinsa, Germaniya Yevropada o‘rta masofaga mo‘ljallangan yadroviy raketalar joylashtirilishiga qarshilik qiladi. Bu haqda Germaniya TIV rahbari Xayko Maas dpa agentligiga bergan intervyusida.
«Yevropa hech qachon qurollanishni kuchaytirish bo‘yicha munozaralar uchun maydonchaga aylanmasligi kerak. O‘rta masofaga mo‘ljallangan yangi raketalarni joylashtirish Germaniyada katta qarshiliklarga uchragan bo‘lardi», deya iqtibos keltirdi Tiroler Tageszeitung gazetasi vazirning so‘zlaridan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurollanishni kuchaytirish g‘oyasi sovuq urush davrida paydo bo‘lgan.
«80-yillar siyosati bugungi muammolar uchun javob bo‘la olmaydi», dedi Maas.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma atrofidagi vaziyatga javoban ittifoqchilar Yevropada qo‘shimcha yadro quroli joylashtirishini kutmayotganligini bildirgandi.