Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda moliyaviy ombudsman instituti joriy etiladi
O‘zbekistonda “Moliya bozori va moliyaviy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturida aytilgan.
Qayd etilishicha, qonun loyihasida:
moliyaviy bozorlar, moliya tashkilotlari va moliyaviy xizmatlarning aniq tariflari;
moliyaviy xizmatlar tamoyillari;
moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning huquq va majburiyatlari, shu jumladan xizmatlar turlarini birlashtirish bo‘yicha cheklashlar;
moliyaviy xizmatlar iste'molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni nazorat qilish tartibi;
moliyaviy ombudsman institutini joriy etish nazarda tutiladi.
Qonunning qabul qilinishi moliyaviy xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mas'uliyatini oshirish, shuningdek, moliyaviy xizmatlardan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishni ta'minlaydi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Davlat raqobat qo‘mitasi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil noyabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil dekabr.
Mavzuga oid
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026
Davlat bayrog‘ini namoyish etishda yagona talablar joriy etiladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
12:27 / 16.02.2026