Jahon | 12:04 / 26.12.2018
11124
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada harbiy holat muddati tugamoqda

Foto: REUTERS

Ukrainada 26 dekabr kuni harbiy holat muddati tugaydi.

30 kunlik harbiy holat muddati 26 noyabr kuni mamlakatning 10 oblastida prezident Pyotr Poroshenkoning tashabbusi bilan Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan keyin joriy etildi.

Vinnitsa, Lugansk, Nikolayev, Odessa, Sumi, Xarkov, Chernigov, Xerson, Zaporojye, Donetsk oblastlarida, Azov va Kerch akvatoriyasining ichki suvlarida maxsus huquqiy rejim amal qildi.

Dastlab, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi uni Ukraina butun hududida 60 kunlik muddatga joriy etish taklifi bilan chiqdi. O‘shanda Oliy rada Poroshenkoni mart saylovlarini bekor qilish uchun harbiy holatdan foydalanishga urinayotganlikda gumon qilib, buni tasdiqlashdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina bosh prokurori Kerchdagi hodisa Rossiya bosqinining uchinchi to‘lqini ekanini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid