Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenko Kerç böğozidagi hodisani «Rossiya bosqinining uçinçi tölqini», deb atadi. U bu haqda Bild naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, «dastlabki ikki tölqinga» Qrim yarim orolining Rossiya bilan birlaşuvi, şuningdek, Donbassda röy berayotgan voqealar aylandi. Uning tuşuntirişiça, Ukraina hududida harbiy holatni joriy etiş töğrisidagi qaror mamlakatlar çegarasidagi «rus qöşinlarining yuqori konsentratsiyasi» bilan boğliq. Bundan taşqari, boş prokuror sözlariga köra, 16-60 yoş oraliğidagi rossiyaliklarning Ukrainaga kirişiga qöyilgan taqiq şu bilan boğliqki, ular Ukrainaga qarşi e'lon qilinmagan uruşni moliyaviy va siyosiy jihatdan qöllab-quvvatlamoqda.

«Biz ular bu OAV tomonidan tarqatilayotgan tarğibot ertaklari emas, balki uruş ekanligini his qilişlarini xohlaymiz», - dedi Lutsenko.

Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniya OAV Rossiya va Ukraina örtasidagi «uçinçi jahon uruşi» haqida yozgandi.