Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi Ronaldu bilan avvalgi raqobati haqida gapirdi
Foto: Getty Images/Goal
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu «Real»da to‘p surgan vaqtda ular o‘rtasida kuzatilgan raqobatga baho berdi.
«Ronaldu bilan raqobatimiz muxlislar uchun juda ajoyib va qiziqarli bo‘lgan edi», - dedi Messi Marca nashri bilan suhbatda.
Intervyuda Leo futbolni sevishi, ammo uning uchun oila birinchi o‘rinda turishini ham ta'kidlab o‘tgan. U «Oltin to‘p» uchun so‘rovnomada beshinchi o‘rinni olgani haqida shunday deydi: «Nomzodlar haqida eshitgandim va da'vogarlar orasida emasligimni bilardim».
Eslatib o‘tamiz, shu oyda Krishtianu ham Messi bilan raqobati haqida gapirgandi, argentinalik hamkasbini A Seriyada ko‘rish istagi borligini bildirgandi.
«Messini sog‘indimmi? Yo‘q, ehtimol u meni sog‘ingandir! Men Angliyada, Ispaniya va Italiyada, Portugaliyada va terma jamoada o‘ynab chiqdim, u esa hamon Ispaniyada. Balki men unga ko‘proq kerakdirman», – deya ta'kidlagandi Ronaldu.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025