Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Donbassdagi «ko‘k zona» qo‘lga kiritilganini ma'lum qildi
Foto: ukrinform
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning maslahatchisi Yuriy Biryukov ma'lum qilishicha, mamlakat Qurolli kuchlari (UQK) Donbassdagi «ko‘k zonani» deyarli butunlay egallab oldi. Bu haqda u «Pryamoy» telekanali efirida aytib o‘tdi.
Prezident maslahatchisining aytishicha, 2014 yil may oyida harbiy amaliyot boshlanganidan beri, Ukraina Qurolli kuchlari Donbass hududining uchdan ikki qismini «ozod qilishga» erishdi.
«Deyarli barcha «ko‘k zona» ozod qilindi va nazoratga olindi», - deya xulosa qilgan Biryukov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina bosh prokurori Kerchdagi hodisa Rossiya bosqinining uchinchi to‘lqini ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
01:13
Zelenskiy hududiy masalani hal qilishning asosiy shartini aytdi
16:17 / 31.01.2026
Rossiya Trampning iltimosiga qaramay Ukrainaga yana zarba berdi
10:38 / 31.01.2026
AEXA Ukrainada yadroviy avariya xavfi borligidan ogohlantirdi
09:21 / 31.01.2026