Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mulkni ijaraga beruvchilar daromadini soliqqa tortish tartibi belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unda 2019 yilda to‘lanadigan soliq va majburiy to‘lovlarning miqdori belgilab berildi.
Qarorning mulkni ijaraga beruvchilarga taalluqli qismida quyidagilar keltirilgan:
23. Qarzni undirishni soliq to‘lovchilarning mol-mulkiga qaratish uchun soliq bo‘yicha qarzlarning eng kam miqdorlari 23-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
24. Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish shartnomada belgilangan ijara to‘lovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin:
yuridik shaxslar uchun – davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan;
mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 24-ilovaga muvofiq belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, deyiladi Qarorda.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026