O‘zbekiston | 18:10 / 28.12.2018
9470
2 daqiqa o‘qiladi

Radisson Blu lyuks-sinfdagi Radisson Collection mehmonxonasiga aylantiriladi

Avvalroq, Radisson Blu mehmonxonasining rekonstruksiyasi 40 million dollarga baholangani xabar qilingandi. Aysel Invest’dan Kun.uz’ga xabar berishlaricha, loyiha oddiy rekonstruksiya emas, balki mehmonxonani lyuks-sinfdagi otelga aylantirish bo‘ladi.

Foto: Aysel Invest

Loyiha doirasida yangi binolar qurilishi va mavjudlarini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. Natijada, mehmonxona yuqori sinfga aylanadi va Radisson Collection yangi brendi ostida ishlaydi - bu tarmoq ichidagi eng yuqori toifa.

Aysel Invest’dan aniqlik kiritishlaricha, loyiha hujjatlari va hisob-kitoblarni tayyorlash jarayonida loyihaning qiymati oshgan.

Foto: Aysel Invest

Shu tariqa, loyiha endi 60 million dollarga baholanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

umumiy maydoni 15740 kvadrat metr bo‘lgan 152 ta xonani o‘z ichiga olgan yangi binoni qurish. Bunda u 14 qavatdan yuqori bo‘lmaydi, alohida launj hududga ega prezidentlik qavati ham barpo etiladi. So‘nggi qavatda panoramali ko‘rinishga ega basseyn va shishali shift qoplami bo‘ladi. Shuningdek, bu yerda SPA va fitnes markazlar, 150 o‘ringa mo‘ljallangan Open Buffet Kitchen kontseptli restoran joylashadi;

Foto: Aysel Invest

maydoni 21 ming 490 kv.m. bo‘lgan, 18 qavatdan yuqori bo‘lmagan mehmonxona majmuasini qurish. So‘nggi qavatda panoramali ko‘rinishga ega restoran joylashtiriladi;

mavjud mehmonxona binosini ta'mirlash va rekonstruksiya qilish. Bu yerda 106ta xona bo‘ladi hamda umumiy maydoni 9 750 kv.m.ni tashkil etadi. Shuningdek, yapon oshxonasiga ega restoran paydo bo‘ladi;

yozgi hududlarni rekonstruksiya qilish.

Foto: Aysel Invest
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid