Radisson Blu mehmonxonasining rekonstruksiyasi 40 million dollarga baholandi. Bu haqda prezidentning «Özbekiston Respublikasining 2019 yilga Investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida aytilgan.
Loyiha 2019 yilda işlab çiqilişi kerak bölganlar röyxatiga kiritilgan. Loyihaning taxminiy qiymati 40 million dollarni taşkil etadi. Bu Radisson Blu muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani va «Çorsu» mehmonxonasi köp yillardan beri işlamayotganiga qaramasdan, «Çorsu»ni rekonstruksiya qiliş qiymatidan (33 million dollar) köproqdir.
Ehtimoliy investor sifatida Turkiyadan Aysel Invest körsatilgan. Xuddi şu nomga ega kompaniya 2002 yilda, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2002-2003 yillarda qurilgan mehmonxonani boşqariş uçun taşkil etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2019 yilda Özbekiston 7,83 mlrd dollarlik investitsiyalarni özlaştirişi xabar berilgandi.












