Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida ichki ishlar organi xodimiga tan jarohat yetkazishdi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida 2018 yil 27 dekabr kuni Parkent tumani IIB profilaktika inspektori, xizmat vaqti va xizmat kiyimida bo‘lgan M.Ch. chaqiruv asosida “Navdak” MFYda yashovchi M.S.ning uyiga borgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu vaqtda uy egasi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Parkent tumani xodimi K.D. bilan o‘zaro janjallashayotganligi sababli uni tartibga chaqirib, mahalla fuqarolar yig‘ini idorasiga olib bormoqchi bo‘lganida, M.S. ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, boshi bilan uni yuziga urib jarohat yetkazgan.
Natijada xodimga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. M.S. qo‘lga olinib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026