Sport | 13:41 / 29.12.2018
12512
2 daqiqa o‘qiladi

Emeri: «PSJ»da Salohning salohiyatiga shubha bilan qaragan edik»

Foto: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri «Liverpul»ga qarshi bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan raqib hujumchisi Muhammad Saloh borasida bir faktni aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016-2018 yillarda «PSJ»ni boshqargan davrida misrlik hujumchi transferi masalasi kun tartibida bo‘lgan.

«Biz Salohni «PSJ»ga olib kelish masalasini muhokama qilgandik. O‘sha paytda u «Roma» o‘yinchisi edi.

Bizda unga nisbatan biroz ishonchsizlik bor edi. Keyin u «Liverpul» bilan shartnoma tuzdi va shu jamoada barcha shubha-gumonlarga barham berdi. Hozir jahonning eng yaxshi besh futbolchisini sanasak, Saloh – ulardan biri.

Foto: Getty Images

Salohga nega ishonchsizlik bilan qaragan edik? Chunki u «PSJ»dek katta klubda o‘ynab keta olarmikan, deb o‘ylaganmiz» – deya aytib o‘tgan Emerining so‘zlarini keltirdi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Muhammad Saloh 2017 yilning yozida «qizillar» safiga o‘tgan, uning rimliklardan transferi qiymati 42-50 mln yevro atrofida bo‘lgandi.

«Liverpul»–«Arsenal» uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

Mavzuga oid