«Frayburg» – «Aston Villa» 0:3
Gollar: Tilemans, 41 (0:1). Buendiya, 45+3 (0:2). Rodjyers, 58 (0:3)
«Frayburg»: Atubolu, Linhart (Rozenfelder, 61), Ginter, Troy, Kyubler (Makengo, 73), Eggeştayn, Hefler (Heler, 61), Manzambi, Grifo (Şerhant, 73), Beste (Gunter, 86), Matanoviç
«Aston Villa»: Martines, Konsa, Pau Torres (Mings, 88), Din (Matsen, 81), Keş, Lindelyof (Onana, 66), Tilemans (Duglas Luis, 88), Rodjyers, Buendiya (Sanço, 81), Makginn, Uotkins
Ogohlantirişlar: Troy, 5 – Buendiya, 15. Keş, 21. Makginn, 84

Unai Emeri bungaça beş marta Yevropa Ligasi finallarida qatnaşgan. Va şundan törttasida ğolib çiqqan («Sevilya» bilan uç marta, «Vilyarreal» bilan bir marta. «Arsenal» bilan finalga çiqqanida esa «Çelsi»ga yutqazgan).

«Frayburg»ga qarşi bu safargi finalda ham uning jamoasi favorit edi: finalga çiqqan jamoalarning moliyaviy imkoniyatlari ham, tarkibdagi futbolçilar darajasi ham bir-biridan uzoq edi. «Aston Villa» zaxira örindiğidagi futbolçilarning köpçiligi «Frayburg»ning asosiy tarkibiga kira olgan bölardi. Nemislar jamoasi boşlanğiç tarkibidan öz tarbiyalanuvçilaridan yetti nafari örin olgandi. Öyindagi ilk zarbani aynan nemislar jamoasi yetakçilaridan biri Matanoviç yölladi. Bu zarba u qadar xavfli çiqmadi. Rodjyersning javob zarbasini qaytariş uçun esa darvozabon Atubolu öz mahoratini işga solişi talab etildi.

Şundan keyin «Frayburg» taşabbusni töliq topşirdi. Öz bu jamoa Bundesligada ham töpga egalik qiliş böyiça maqtana olmaydi. Yulian Şuster şogirdlari töpni jarima maydoniga qanotlardan va standart vaziyatlardan yetkazib berişga urğu qaratadi. Aynan şunday uzatmalardan biridan keyin Hefler töp uçun kuraşda yutib çiqdi va olis burçak tomon xavfli zarba yölladi, ammo zarbaga aniqlik yetişmadi.

Maydonda raqiblar bir-birini ayamay yakkakuraşlarga kirişdi va 20-daqiqagaça boş hakam çöntagidan uç marta sariq kartoçkasini çiqarişiga töğri keldi. Bu kartoçkalardan biri qizil bölişi ham mumkin edi, ammo Metti Keş Grifoga qarşi öta qöpol harakat qilganida oğir jazodan qutulib qoldi.

Umuman, 40-daqiqagaça jamoalar ança ehtiyotkorlik bilan harakat qildi va riskka bormadi. «Villa»ning bu vaqt oraliğidagi törtta zarbasidan ikkitasi himoyaçilar tomonidan tösildi.

41-daqiqada esa inglizlar burçak zarbasini a’lo darajada ijro etişdi. Bu uyda tayyorlangan vazifa edi: töp yerdan öynaldi, Rodjyers töpni jarima maydoni taşqarisida böş turgan Tilemansga oşirdi va belgiyalik yarimhimoyaçi töpni töxtatmasdan kuçli zarba yölladi.