Avgust - Buxoro, noyabr - Sino: Tojikistonda oylar nomlarini o‘zgartirish taklif qilindi
“Feysbuk”dagi tojik faollaridan biri Amrullohi Nizom Tojikistonda oylar nomlarini o‘zgartirishni taklif qildi. U ijtimoiy tarmoqdagi “Axbor baroi afkor” (Mulohaza uchun axborot) guruhi sahifasida oylarni qayta nomlash bo‘yicha o‘z variantini taqdim qildi. Biroq uning bu taklifi foydalanuvchilarda katta ishtiyoq uyg‘otmagan.
Nizomning fikricha, Tojikistonda hijriy yil hisobi qaytarilishining ko‘plab sabablarga ko‘ra ilojisi yo‘q. “Biz grigorian taqvimiga ko‘nikib qolganmiz”, deb hisoblamoqda u.
Biroq, u oylar nomini geografik nomlar, tarixiy voqealar va mashhur shaxslar sharafiga qayta nomlasa nima bo‘lishi borasidagi savol bilan yuzlangan. Misol uchun, u martni Navro‘z, avgust oyini Buxoro deb qayta nomlashni taklif qilmoqda.
Nizom oylarni quyidagicha qayta nomlashni taklif qildi:
Yanvar - Soson, Sosoniylar davlati sharafiga;
Fevral - Somon, Somoniylar davlati asoschisi sharafiga;
Mart – Navro‘z;
Aprel — No‘'mon, hanafiy mazhabi asoschisi Imomi A'zam (Abuhanifa No‘'mon ibn Sobit) sharafiga;
May - Nosir, faylasuf, shoir Nosiri Husrav sharafiga;
Iyun - Bo‘xtar, Baqtriya davlati sharafiga;
Iyul - Ashkon, Ashkoniylar tojik davlati sharafiga;
Avgust - Buxoro yoki Rudakiy – tojik mumtoz adabiyoti asoschisi, shoir Rudakiy sharafiga;
Sentabr - Donish, 19-asr ma'rifatparvari Ahmad Donish sharafiga;
Oktabr - Ayniy, tojik adibi Sadriddin Ayniy sharafiga;
Noyabr - Sino, buyuk olim Abu Ali ibn Sino sharafiga;
Dekabr - Yaldo‘, yilning eng uzoq kuni sharafiga.
Eslatib o‘tamiz, avval shunday tashabbusni 2002 yilda Turkmanistonning marhum prezidenti Saparmurot Niyozov bildirgandi. Niyozovning taklifiga ko‘ra, barcha oylar va hafta kunlari nomlari o‘zgartirilgan.
Jumladan, yanvar “turkmanboshi”, fevral — “baydoq”, mart — “Navro‘z”, aprel — “Gurbonsulton-ejye” (sobiq prezidentning onasi sharafiga), may — “Mahtumquli” (turkman shoiri sharafiga), iyun — “Og‘uz” (Og‘uzxon sharafiga), iyul — “Go‘rkut-ata” (turkman dostoni qahramoni sharafiga), avgust — “Alp arslon” (turkman sarkardasi sharafiga), sentabr — “ruhnoma” (Niyozovning kitobi sharafiga), oktabr — “garashsislik” (“mustaqillik oyi”), noyabr — “Sanjar” (Sulton Sanjar sharafiga), dekabr — “bitaraplik” (“daxlsizlik oyi”).
Biroq bu o‘zgarishlar Turkmanistonning amaldagi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hokimiyat tepasiga kelgach, u tomondan 2008 yilda bekor qilingan.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
12:22 / 08.11.2024
Buxoroda Xitoy ishtirokida sanoat parki barpo etiladi
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024