Sport | 21:30 / 30.12.2018
9867
3 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» ikkinchi o‘ringa qaytdi

Angliya Premer-ligasining 20-turida «Sauthempton» «Manchester Siti»ni qabul qildi. «Sent-Meri» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida gollarga David Silva va Serxio Aguero mualliflik qilishdi, yana bir golni «Sauthempton» yarimhimoyachisi Jyeyms Uord-Prauz o‘z jamoasi darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. «Avliyolar»ning yagona goli Per-Emil Xyoyberg nomiga yozildi. O‘yinning 85-daqiqada Xyoyberg qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Shu tariqa, «Manchester Siti» chempionatda qatorasiga ikki mag‘lubiyatdan keyin g‘alabaga erishdi, «Sauthempton» qatorasiga ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.

Endilikda «Manchester Siti» ochkolari sonini 47taga yetkazib, Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa qaytdi, Xosep Gvardiola shogirdlari peshqadam «Liverpul» bilan oradagi farqni 7taga qisqartirgan. «Sauthempton» 15 ochko bilan – 17-o‘rinda qolgan.

Keyingi turda «Manchester Siti» va «Liverpul» o‘zaro kuch sinashadi.

Tur doirasidagi yana bir uchrashuvda «Byornli» «Vest Hem»ni qabul qildi va 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Gollarga Kris Vud va Duayt Maknil mualliflik qilishdi. Shu tariqa, «Byornli» chempionat o‘yinlaridagi 3 o‘yin davom etgan mag‘lubiyatli seriyasini to‘xtatdi.

Endilikda «Vest Hem» 27 ochkosi bilan 11-o‘rinda, «Byornli» 15 ochkosi bilan – 18-o‘rinda joylashgan.

Angliya chempionati
20-tur
Sauthempton – Manchester Siti 1:3
(1:3, 0:0)
Gollar: 0:1 – 10 Silva, 1:1 – 37 Xeyberg, 1:2 – 45, avtogol Uord-Prouz, 1:3 – 45 Aguero.
Sauthempton – Makkarti, Stivens, Bednarek, Targett, Remzi, Lemina (Redmond, 46), Romeu (Valeri, 59), Xeyberg, Elyunussi, Uord-Prouz, Ostin (Long, 68).
Manchester Siti – Ederson, Laport, Kompani, Danilo, Zinchenko, Silva, Fernandino (Uoker, 86), Marez (Sane, 84), Bernardu Silva, Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 73).
Ogohlantirishlar: Aguero (32), Ostin (58), Kompani (72), Bednarek (73), Danilo (78).
Chetlatish: Xeyberg (85).

Byornli – Vest Hem 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 15 Vud, 2:0 – 34 Maknil.
Bernli – Xiton, Tarkovski, Teylor, Bardsli, Mi, Gudmundsson, Kork, Vestvud, Maknil, Barns, Vud (Vouks, 90).
Vest Hem – Fabianski, Ogbonna, Diop, Kressuell, Rays, Snodgrass (Diangana, 46), Antonio, Felipe Anderson, Nobl, Arnautovich (Shande Silva, 73), Peres (Kerroll, 46).
Ogohlantirishlar: Snodgrass (23), Nobl (29), Barns (38), Kerroll (57), Rays (61).

Mavzuga oid