Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunker Yevropa Ittifoqini «o‘taketgan ikkiyuzlamachilik»da aybladi
Yevropa Ittifoqi davlatlari yetakchilari tashqi chegaralarni muhofaza qilish masalasida ikkiyuzlamachilik qilmoqda. Bunday fikrni Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida bildirdi.
Yunkerning ta'kidlashicha, 2 yildan ko‘proq vaqt davomida Yevropa Ittifoqi davlatlarining rahbarlari chegaralarni muhofaza qilishni yaxshilashga chorlab kelishadi. Yaqinda ba'zi davlatlar chegara kontingentini kuchaytirish milliy suverenitetga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida gapira boshlagan.
«Bizga barchasi tez rivojlanmoqda, raqamlar esa bo‘rttirilgan”deyishadi. Bu o‘taketgan ikkiyuzlamachilikdir», – deb aytgan Yunker.
Uning aytishicha, Yevropa davlatlari yetakchilari chegaraning yetarlicha qo‘riqlanmasligini tanqid qilishadi-yu, biroq bu bilan bog‘liq majburiyatlarni zimmalariga olishni istashmaydi.
«Yevropa bunday faoliyat yurita olmaydi. Biz tayyor bo‘lish va Yevropa Ittifoqi tashqi chegaralari haqiqatan ham nazorat ostida bo‘lishi uchun tez harakat qilishimiz lozim. Bundan manfaatdor davlatlar o‘z bahonalarini chetga surib, tashqi chegaralarni himoyalash haqidagi takliflarni tez qabul qilishlari kerak», – deb aytgan Yunker.
Sentyabrda Bryussel Yevropaning chegara va sohilbo‘yi qo‘riqlash agentligini (Frontex) kuchaytirish haqidagi taklifni ma'qulladi. 2020 yilgacha agentlik ixtiyoriga 10 minggacha kishidan tashkil topadigan doimiy zaxira kontingenti taqdim qilinmoqchi.
Frontex 2016 yil oktyabrdan beri faoliyat yuritadi. U o‘z ichiga Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarini boshqarish agentligi hamda Yevropa Ittifoqi davlatlarining chegara nazoratiga mas'ul milliy tuzilmalarini oladi.
Mavzuga oid
08:50 / 26.06.2026
YeI Rossiya harbiylari uchun kirishni taqiqlamoqchi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026