Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh YuNeSKOni tark etmoqda
31 dekabrda AQShning YuNeSKOdan chiqish qarori kuchga kiradi. Bu qaror haqida 2017 yil oktyabrda e'lon qilingandi.
Endi AQSh xalqaro tashkilotda kuzatuvchi bo‘lib qoladi. AQSh 2011 yildan beri YuNeSKOga badal to‘lamay kelgan. Hozirda Vashingtonning to‘lanmagan badallar bo‘yicha qarzi 500 mln dollardan oshib ketgan.
1984 yilda ham sobiq prezident Ronald Reygan ma'muriyati ushbu tashkilotni “aksilamerikalik va isrofgarchilikda” ayblab uni tark etgandi. AQSh tashkilotga 2003 yilda qaytgan. AQShning hozirgi qaroriga arab-isroil mojarosidagi ziddiyatlar sabab bo‘lgan.
AQSh tashkilotni tark etishi bilan butunjahon merosi qo‘mitasiga saylanish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bu qo‘mita moliyaviy yordamning taqsimlanishi va qanday obektlar YuNeSKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishini hal qilish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026