Jahon | 08:30 / 31.12.2018
6047
2 daqiqa o‘qiladi

London Brexit’dan keyin harbiy bazalar yaratish rejasini ma'lum qildi  

Foto: EPA

Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin yana o‘zini “global ishtirokchi” deb his qilishi lozim. Bunday fikrni Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson The Telegraph nashriga bergan intervyusida bildirdi. Uning aytishicha, London shu maqsadda harbiy bazalari tarmog‘ini kengaytirishni rejalashtirmoqda. 

Uilyamsonning aytishicha, Britaniyaning Brexit’dan keyin xalqaro maydonda ta'siri yana oshishi lozim. “Biz Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin kelajagimizga optimizm bilan qarashimiz lozim. Bu Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyin tariximizdagi eng muhim lahzadir”, deb ta'kidlab o‘tgan Britaniya mudofaa vaziri.   

Uning ta'kidlashicha, London ta'sirini kengaytirish uchun dunyoning turli hududlarida harbiy bazalari sonini oshirishi kerak. Vazir atrofidagi manbalarning ma'lum qilishicha, gap Britaniyaning sobiq mustamlakalari – Janubiy Xitoy dengizidagi Singapur, Bruney hamda Karib dengizidagi Gayana va Montserrat haqida ketmoqda. 

Uilyamsonning ta'kidlashicha, London shu tariqa Suvayshdan sharqdagi harbiy bazalarini yopish bo‘yicha 1968 yilda boshlagan siyosatidan voz kechadi va boshqa davlatlarga Britaniyaning yana “global davlat”ga aylanganini bildirib qo‘yadi. 

Mavzuga oid