Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:04 / 31.12.2018
12714
1 daqiqa o‘qiladi
Moskvada amerikalik fuqaro josuslikda gumonlanib hibsga olindi
Moskvada FXX xodimlari AQSh fuqarosi Pol Uilanni "josuslik harakatini amalga oshirayotgan" paytida hibsga oldi, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, u 28 dekabr kuni hibsga olingan.
Uilanga nisbatan "josuslik" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilagn.
Rossiya TIV axborot va matbuot departamenti AQSh elchixonasi amerikalik fuqaro qo‘lga olingani haqida xabardor qilinganini ma'lum qildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish