Jahon | 09:21 / 31.12.2018
9988
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada prezident saylovi kampaniyasi boshlandi  

Ukrainada navbatdagi prezident saylovi kampaniyasi rasman boshlandi. Saylovlarning o‘zi 2019 yil 31 martda bo‘lib o‘tadi.

31 dekbardan 3 fevralgacha Ukraina markaziy saylov komissiyasi nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi. 8 fevralgacha nomzodlar ro‘yxatga olinadi, so‘ngra Ukraina prezidenti lavozimiga da'vogarlarning yakuniy ro‘yxati e'lon qilinadi. 

“Reyting” sotsiologik guruhi so‘rovlariga ko‘ra, ukrainaliklar orasida “Batkivshina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko eng katta qo‘llab-quvvatlovga ega (13,3 foiz). Amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoning saylovchilar orasidagi reytingi 7,6 foizni tashkil qilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid