Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyati bo‘yicha qaror qabul qiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri festivallar shahri sifatida e'tirof etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Shahrisabz shahrida yil davomida Amir Temur tavalludi kuni, “Ko‘pkari” milliy o‘yini, folklor guruhlar va hunarmandlar festivali kabi turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni aniq reja va tasdiqlangan taqvim asosida muntazam o‘tkazib borish orqali Shahrisabz shahrini festivallar shahriga aylantirish choralarini ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mazkur madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni respublikaga tashrif buyuruvchi turistlar o‘rtasida keng targ‘ib etish hamda tadbirlar doirasida Shahrisabz shahriga turistlarni keng jalb etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Quyidagilar:
Qashqadaryo viloyatida yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi;
2019–2020 yillarda Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirsin, shuningdek unda belgilangan turizm yo‘nalishlariga turistlarni jalb qilish bo‘yicha choralarni ko‘radi;
manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Chora-tadbirlar rejasi bajarilishi ustidan doimiy monitoringni olib boradi;
monitoring natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga Chora-tadbirlar rejasining amalga oshirilishi bo‘yicha ma'lumotlarni har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasigacha kiritilishi ta'minlaydi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:
Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining tarmoq jadvallari tasdiqlanishini ta'minlaydi;
manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiya loyihalarining o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlaydi;
muammoli masalalarni har oyda joyiga chiqqan holda o‘rganib borish, ularni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Qashqadaryo viloyat hokimligi bilan birgalikda viloyatning turizm marshrutlariga kiritilgan maskanlarda ekskursovod, gid va yo‘riqchi-kuzatuvchi tayyorlash bo‘yicha har chorakda kamida bir marta o‘quv kurslarini tashkil etadi;
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan turizm yo‘nalishlaridagi qishloqlar va turizm obektlariga borishni ko‘rsatuvchi maxsus turizm xaritalarini ishlab chiqadi hamda barcha joylashtirish vositalariga va savdo nuqtalariga ularni bepul tarqatish uchun taqdim qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “Hisor” davlat qo‘riqxonasining muhofaza etiladigan hududlarini tashkil etish va ekologik turizmni amalga oshirish uchun rekreatsiya zonalari aniqlash va chegaralarini aniq belgilashni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
22:01
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026