Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp AQSh qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish muddatini uzaytirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylarga Suriyani tark etish uchun to‘rt oy vaqt berdi. Bu haqda The New York Times gazetasi Oq uydagi manbalarga asosan yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Iroqqa tashrifi chog‘ida Tramp IShID terrorchilik guruhi bilan kurashishga qaratilgan Inherent Resolve («Buzilmas qat'iylik») amaliyoti qo‘mondoni bilan uchrashgan. Gazetadan aytishlaricha, bu suhbat davomida Tramp uni amerikalik qo‘shinlarda Suriyani tark etish uchun to‘rt oy vaqt borligiga ishontirgan.
Dastlab, AQSh qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqib ketish 60 kundan 100 kungacha davom etadi, deb taxmin qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy Tramp Suriya bo‘yicha qarorini bekor qilmasligi haqida ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026