13:34 / 03.01.2019
5006

O‘rta Chirchiqda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida shu yilning 2 yanvar kuni Turkiston mahallasida yashagan N.M.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatida uyining 1 kv.m. maydonida pol qismi va gilami yonib zarar ko‘rgan hamda N.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘in N.M. mast holda uyida sigaret chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top