Jahon | 15:47 / 03.01.2019
4370
2 daqiqa o‘qiladi

Yelisey saroyi matbuot xizmati rahbari iste'foga chiqyapti

Foto: Getty Images/AFP/T. Samson

Silven For Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning matbuot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari lavozimini tark etmoqda. Bu haqda Le Parisien gazetasi o‘z saytida xabar berdi. For ushbu nashrga o‘z qarorini tasdiqlagan.

Gazetaning ta'kidlashicha, iste'foga prezident va muqaddam uning yaqin do‘sti deb hisoblangan yordamchisi o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashuvi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Endilikda, 46 yoshli For Yelisey saroyini prezident ma'muriyatining sobiq xodimi Aleksandr Benallya bilan bog‘liq ikkinchi mojaro avj olgan paytda tark etmoqda.

For ketish haqidagi qaroriga izoh berib, «o‘zini oilasiga bag‘ishlash niyatida» ekanini va bu iste'fo yanvar oyi oxirlarida sodir bo‘lishini xabar qilgan. Prezidentlikka nomzod Emmanuel Makronning 2017 yildagi saylovoldi kampaniyasida faol qatnashgan For uning matbuot xizmatiga rahbarlik qildi, ammo saylovlardagi g‘alabadan so‘ng prezident ma'muriyati matbuot xizmati rahbari lavozimidan bosh tortdi. Natijada 2015 yilning bahorida prezident spichrayteriga aylandi.

For bu lavozimda 2018 yilning yozigacha qoldi, o‘shanda «Benallya ishi» yuzaga kelganidan keyin u Makronning talabi bilan Yelisey saroyi matbuot xizmatini o‘z qo‘liga oldi. 

Mavzuga oid