Light | 00:14 / 03.01.2019
24280
4 daqiqa o‘qiladi

Zamonaviy shahar transporti: Bazel tramvaylari

Zamonaviy shahrimiz mashina, marshrut va avtobuslar bilan to‘lgan. Ayrim vaqtlarda velosipedchilarni uchratish mumkin. Tramvaylar esa o‘tmishga aylandi. Kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bo‘lgan Shveytsariyaning Bazel shahrida transportning bu turidan hali ham foydalaniladi.

Tramvay liniyalari Bazelda 1895 yildayoq qurila boshlagan. U shaharning barcha hududini kesib o‘tadi. Germaniya va Fransiyada yotqizilgan liniyalar ham bor. Ulardagi harakat 2014 va 2017 yillarda mos ravishda yangilangan.

Shaharda yuz yil ichida faqat bitta liniya yangilandi. Marshrut bo‘ylab avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bazelda nima uchun tramvay transportini rivojlantirishayotgani borasidagi savolga shahar hukumati qo‘shnilari uchun xos bo‘lgan avtomobil lobbisining ularda mavjud emasligi bilan tushuntirmoqda.

Shahar transporti tramvay, elektrichka, avtobus va poyezdlardan iborat. Yo‘l haqi uchun pul to‘lash tizimi juda qulay va oddiy: xarid qilingan chipta bir vaqtning o‘zida barcha transport turlari uchun amal qiladi.

Tashkillashtirish va tramvayni boshqarish bilan ikki nafar operator shug‘ullanadi: shahar va tuman. Bu liniyalardagi vagonlar turli ranglarda: shaharda – yashil, shahar tashqarisida – sariq rangda. Ular tuzilishiga ko‘ra biroz farq qiladi. Chunki shahar tashqarisidagi tramvay temir yo‘llariga moslashishi kerak. Yo‘lovchilar uchun qayerda qanday marshrut yurishi darhol tushunarli.

Harakat jadvali aniq va qat'iy nazorat ostida. 7–8 daqiqalik intervalga amal qilinadi. Qoidalarga ko‘ra, vagonlar 60 foizdan ortiq to‘liq bo‘lishi mumkin emas.

Tramvaylar ko‘rinishi jihatidan shilliqqurtga o‘xshaydi. Ularning qismlari egiluvchan va harakatchan. Vagonlarning ichiga yog‘och ko‘rinishida ishlov berilgan. Bu o‘tmishga hurmat belgisi emas, shahar aholisining istagidir: ular yumshoq o‘rindiqlarni gigiyenik deb topishmadi.

Shahar tashqarisida qatnovni amalga oshiradigan tramvaylar simsiz internet bilan ta'minlangan. Bu tushunarli, axir uzoq yo‘lda yo‘lovchilar o‘zlarini biror nima bilan band etishlari kerak-ku. Shveytsariyadagi kabi yo‘llarda tramvayda silkinish, shovqin va tebranishdan xavotirga tushmay o‘qish, musiqa tinglash mumkin.

Marshrutdan marshrutga o‘tish bog‘lovchi yo‘llar — xablarda amalga oshiriladi. Ular metro tamoyiliga ko‘ra ishlaydi, biroq yer ustida joylashgan: bir liniyaga bitta marshrut to‘g‘ri keladi. Jami shahar ichki yo‘nalishlari 9 ta, umumiy uzunligi – 75 km. 3 kilometrga Fransiya va 2 kilometrga Germaniya hududiga “kirib chiqadi”.

Chegara yo‘llari Shveytsariya tomonidan qurilgan, bojxona operatorlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Qo‘shni mamlakatlarda o‘ziga xos tramvaylar yuradi: fransuz va nemislar vagonlarga o‘ta talabchan, uzoq vaqt davomida tanlashadi va modellarni sertifikatlashtiradilar.

Shveytsarlar esa Kanada tomonidan ishlab chiqariladigan “Bombarde” firmasi tramvaylarini ma'qul topishgan. Ularning bo‘yi past va zinapoyalar mavjud emas.

Tramvaylar Bazelda harakatlanishning asosiy turi bo‘lib qolmoqda. Jami shahar qatnovining 35 foizi uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Barcha ko‘chalar ham avtomobillar oqimini kamaytirish va tramvay harakatiga moslab tashkillashtirilgan.

Mavzuga oid