Transport vaziri Ilhom Mahkamov Kun.uz muxbirining Toşkentdagi tirbandliklar va şaharga tramvayni qaytariş haqidagi savollariga javob berdi.

“Bugungi kundagi tirbandliklarga ahamiyat bersak, Toşkent şahrining özida tirbandliklar 9-10 ballgaça çiqib ketmoqda. Lekin Navoiy, Farğona yöli köçalarining rekonstruksiyasidan kelib çiqsak, Sebzor çorrahalarini inobatga olsak, u yerda tirbandlik bölgani bilan, avtomobillar bir joyda turib qolgani yöq. Ular töxtovsiz yuriş rejimida.

Mana şu köçalar rekonstruksiyasi Toşkent şahrining boş rejasi loyihasini işlab çiqayotgan loyiha ofisi hamda xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda loyihalaştirilgan edi.

Endigi maqsadimiz – şahar hokimi bilan birga Toşkent şahrining barça çorraha va köçalarini aynan şu loyiha asosida taşkil qilişdir”, – dedi vazir.

Xöş, bu rejalar orasida Toşkentga tramvayni qaytariş ham közda tutilmoqdami?

“Prezidentimizga Toşkent şahri boş rejasining dastlabki körinişi taqdim etildi. Ayni vaqt uning ustida işlaş, sönggi bosqiç va tasdiqlaş jarayonlarigaça olib boriş ketmoqda.

Transport vazirligi va Toşkent şahar hokimiyati qoşida loyiha ofisi taşkil topgan edi. Poytaxtning boş rejasi mana şu ofis bilan birga mukammal ravişda işlab çiqilgan. Toşkentda tramvay bölmaydi degan qaror hali qabul qilingan emas. 2030-2040 yilgaça metropolitenni rivojlantiriş, tramvay yönalişlarimiz qayerda bölişi – umuman bu kabi masalalar xalqaro konsultantlar, loyiha ofisi bilan birga mazkur boş reja oxiriga yetkazilib, tasdiqlangungaça bölgan vaqtgaça birgalikda işlanadi.

Bitta narsani aytişim lozim, boş reja, tramvay qöyiş, metropolitenni rivojlantiriş masalalari alohida ketayotgani yöq. Bularning barçasi uyğun holda bitta jamoa bilan birga işlab çiqilmoqda”, – dedi Ilhom Mahkamov Turkiy davlatlar taşkiloti transport vazirlari majlisi doirasida Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida.

Eslatib ötamiz, Toşkentga tramvayni qaytariş niyati borligi haqida şu yil fevral oyida prezident Şavkat Mirziyoyev aytgan edi.

Iyul oyida Tbilisi şahri merining Toşkentga taşrifi vaqtida gruzin şoiri Şota Rustaveli nomiga atab qöyilgan köçada tramvay harakatini tiklaş rejasi borligi aytilgandi