Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei iPhone’da post joylashtirgani uchun ikki xodimining lavozimini pasaytirdi
Foto: life.ru
Huawei kompaniyaning rasmiy tvitter-akkauntida iPhone’da post joylashtirgani uchun ikki xodimining lavozimini pasaytirdi va ularning maoshini qisqartirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Xodimlar yangi yil haqidagi postni Apple smartfonida joylashtirishgan. Buni amerikalik taniqli texnobloger Markes Braunli sezgan.
Ayni paytda Huawei va Apple o‘rtasidagi munosabatlar taranglashgan. Bu asosan AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi bilan bog‘liq.
Avvalroq Braunli ikki marta Samsung iPhone’dan foydalanib reklama qilganini aniqlagandi. Kompaniyaning rasmiy tvitter-akkauntlarida Galaxy Note 9 va Galaxy A9 smartfonlari asosiy raqobatchining qurilmasi yordamida reklama qilingan.
Mavzuga oid
14:25 / 25.12.2025
2025 yilda ayfonlarning 70 foizi Rossiyaga yashirin sxemalar orqali olib kirilgan
22:41 / 18.12.2025
Apple 2026 yilda iPhone Pro dizaynini tubdan o‘zgartiradi
12:44 / 16.12.2025
iPhone’dan Android’ga o‘tish endi ancha oson
09:28 / 11.12.2025