Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik tubdan qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekistonda jinoiy javobgarlik va jazo tizimi takomillashtiriladi. Bu 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Hujjat bilan jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni tubdan qayta ko‘rib chiqish mo‘ljallanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish;
jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish;
fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta'sirchan va ishonchli muhofaza qilinishini ta'minlash;
qonunchilikdagi jazoni og‘irlashtirish yoki yengillashtirishga oid normalarni qo‘llash jarayonidagi inson omilini bartaraf etish;
jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uyg‘unlashtirish;
jinoyat-protsessual qonunchilikda yarashuv instituti doirasini kengaytirish nazarda tutiladi.
Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi 2019 yil 1 iyulga qadar qonun loyihasini ishlab chiqishi lozim.
Mavzuga oid
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026