Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. "Real" safarda autsayderni yenga olmadi
Ispaniya chempionati 17-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv o‘tkazildi.
"Real Madrid" safarda "Vilyarreal" bilan kuch sinashib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Maydon egalari safida Kasorla dublga erishgan bo‘lsa, mehmonlar safida Benzema hamda Varan 1tadan gol urdi.
Vilyarreal – Real Madrid 2:2
Gollar: 1:0 – 4 Kasorla, 1:1 – 7 Benzema, 1:2 – 20 Varan, 2:2 – 82 Kasorla.
Vilyarreal – Asenxo, Alvaro Gonsales, Kosta, Layyun, Ruis, Fornals, Xavi Fuego (Trigeros, 82), Chukvueze, Kaseres (Toko-Ekambi, 63), Kasorla, Moreno (Bakka, 68).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Valverde, 64), Kazemiro, Vaskes, Kroos (Vinisius Junior, 86), Beyl (Isko, 46), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (41), Alvaro Gonsales (45), Ramos (89), Kosta (90).