Jahon | 16:34 / 04.01.2019
3403
2 daqiqa o‘qiladi

Nissan sobiq rahbari sud oldida javob beradi

Foto: REUTERS/Philippe Wojazer/File Photo

Renault-Nissan-Mitsubishi avtomobil alyansi sobiq rahbari Karlos Gon yaqin vaqt ichida Tokio sudi oldida javob beradi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu 8 yanvar kuni sodir bo‘ladi. Sud majlisi vaqtida unga ayblovlar qo‘yiladi.

Ta'kidlanishicha, Karlos Gon sud eshituvida ishtirok etish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya prokuraturasi Nissan sobiq rahbari Karlos Gonni takroran hibsga olgandi. Gon og‘irlashtiradigan holatlarda ishonchni buzgani uchun hibsga olingan.

Nissan kompaniyasi Karlos Gonni direktorlar kengashining raisi, shuningdek, direktor-vakil lavozimidan olib tashladi. Bu qaror Gon moliyaviy nayranglarda gumonlanib hibsga olinishi fonida qabul qilindi. Tergovga ko‘ra, top-menejyer deklaratsiyalarda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z ish haqi miqdorini ataylab kamaytirib ko‘rsatgan. 

Keyinchalik, 10 dekabr kuni, u o‘sha ayblov bo‘yicha takroran hibs qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid