Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Remzi «Arsenal»dan ketadi. Emeri va «Yuventus» tasdiqladi
«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya Kubogining 1/32 finali doirasida «Blekpul»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Aaron Remzi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
«Remzimi? Men u har kuni «Arsenal» mashg‘ulotlarida qattiq mehnat qilishini istardim, u «Blekpul»ga qarshi o‘yinga ham jiddiy tayyorlanishini istardim. O‘ylaymanki, u hozir faqat o‘yin haqida o‘ylamoqda. Seshanba kuni u «Fulhem» darvozasiga gol urdi. U 15 daqiqa ichida maqsadiga erishdi. Men undan hamisha shunday o‘yin ko‘rsatishini kutaman. Shu bilan birga u o‘z kelajagi haqida qayg‘urishi ham kerak. Menga qolsa u hamisha «Arsenal»da bo‘lishini xohlayman. Mavsum oxirida Remzi qolish yoki ketish masalasida qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan vaqt keladi», deya Emerining so‘zlarini keltirgan Mirror nashri.
Bundan avvalroq «Yuventus» sport direktori Fabio Paratichi klub Aaron Remziga qiziqayotganini tasdiqlagandi.
«Remzi – kuchli jamoada to‘p suruvchi juda zo‘r o‘yinchi. Uning shartnoma muddati nihoyalanib boryapti va biz bozordagi vaziyatni, uning atrofida bo‘layotgan voqeliklarni kuzatib boryapmiz.
U iyul oyidan boshlab «Yuventus»ga qo‘shiladimi? U hozir «Arsenal» a'zosi, transfer bozorida esa bizdan boshqalar ham bor», – degan Paratichidan iqtibos keltirdi Corriere dello Sport.
Sport Mediaset ma'lumotiga ko‘ra, uelslik futbolchi «Yuventus» bilan og‘zaki kelishuvga erishgan.
Ayni vaqtda 28 yoshda bo‘lgan futbolchining londonliklar klubi bilan shartnomasi 2019 yil yoziga qadar tuzilgandi, futbolchi mavsum yakunida klubni erkin agent sifatida tark etishi ham mumkin.
28 yoshli xavbek APLning bu mavsumida 18ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol va oltita golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2019 yil yoziga qadar, klub u bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi, endi futbolchi boshqa klublar bilan mustaqil muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega. Unga ayni vaqtda «PSJ» tomonidan ham qiziqish mavjud.
Remzi aynan turinliklar klubiga o‘tishni istayotgani, «Yuve» unga yiliga 6,5 mln yevro miqdorida maosh to‘lash nazarda tutilgan 4 yillik shartnoma taklif etayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026