Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida nogironligi bo‘lgan 100 kishi uy-joy bilan ta'minlandi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyatida o‘tgan 2018 yilda 300 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan fuqaro uy-joy bilan ta'minlangan bo‘lsa, 2019 yilda bu xayrli amallar yanada keng quloch yozmoqda. Viloyatning Zangiota tumanida tashkil etilgan bayram tadbirida shahar-tumanlardan kelgan 100 nafar nogironligi bo‘lgan oila vakiliga uy-joy kalitlari, sertifikatlar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Kun.uz muxbiri viloyat hokimligi ma'lumotlari asosida shu haqida xabar berdi.

Tadbirda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev, Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva hamda qator mas'ul rahbarlar ishtirok etishdi.


Bundan tashqari, Yuqori Chirchiq tumanida Toshkent viloyati «Ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazi» binosining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

«Prezidentimizning 2018 yil 2 iyuldagi «Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zӯrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tӯg‘risida»gi 3827-sonli qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan mazkur markaz og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, tushkunlikka berilgan ayollarga har tomonlama psixologik yordam kӯrsatish, sog‘lom hayotga qaytarish, oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash yo‘lidagi ishlar samaradorligini yanada oshiradi. Ayni vaqtda bunday markazlar viloyatning barcha hududlarida tashkil etilmoqda», - deydi viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

Mavzuga oid
07:34
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026