Vazirlar Mahkamasining 4 iyul kuni kuçga kirgan qarori bilan “Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil iş stajiga ega bölgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan ta’minlaş uçun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal tölovining bir qismini qoplab beriş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, subsidiya fuqaro yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötkazilgan hudud doirasida ajratiladi. Fuqaro yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötkazilgan hududdan qat’i nazar, istalgan hududdan subsidiya dasturi doirasida birlamçi uy-joy bozoridan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olişi mumkin.
Ariza beruvçi subsidiya oliş uçun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojaat qilişi mumkin. Ariza beruvçini baholaşda amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil iş stajiga ega ekanligi tasdiqlanişi şart.
Subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat bir marta beriladi
Soğliqni saqlaş vazirligi subsidiya.mf.uz axborot dasturiy ta’minot tizimi orqali avtomatik tekşiriş, reyestrlarni şakllantiriş va qarorlar/xabarnomalarni elektron tarzda yetkaziş hamda subsidiya tölovlarini amalga oşirişni ta’minlaşi lozim.
Quyidagi hollarda ariza beruvçiga subsidiya ajratiş rad etiladi:
- taqdim etilgan arizada körsatilgan ma’lumotlar mezonga mos kelmaganda;
- taqdim etilgan ma’lumotlar notöğri yoki soxta bölganda;
- boşqa uy-joy subsidiya dasturlari doirasida ariza beruvçining yoki uning turmuş örtoğining subsidiyadan foydalangani aniqlanganda (avval olingan subsidiyali ipoteka kreditini söndirgan va uy-joy boşqa şaxsga begonalaştirib yuborilgan taqdirda ham);
- ariza beruvçi davlat dasturlari doirasida ajratilgan ipoteka kreditlaridan foydalangani aniqlanganda (qarz oluvçi tomonidan 2024 yil 1 mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi).
Subsidiya ğoliblari reyestr asosida tasodifiy tarzda tanlaş orqali aniqlanadi
Subsidiya ajratiş xabarnomasini olgan ğolib uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib oliş böyiça quriliş (pudrat) taşkiloti bilan birlamçi şartnoma tuzadi.
















