O‘zbekiston | 10:30 / 05.01.2019
15507
1 daqiqa o‘qiladi

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari yanada qo‘llab-quvvatlanadi 

Foto: Depositphotos

Bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari yanada qo‘llab-quvvatlanadi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Hujjat bilan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihada bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalariga ular pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan taqdirda, ijtimoiy nafaqa tayinlash nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2019 yil 20 fevral, ijro uchun mas'ullar - Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, prezident parlamentga murojaatnomasida nogironligi bo‘lgan farzandni parvarish qilayotgan onalar uchun alohida nafaqa turi joriy etilishi haqida aytgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid