Jahon | 20:03 / 05.01.2019
4967
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada 20ga yaqin avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Fransiyaning janubi-g‘arbida 20ga yaqin avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH natijasida sakkiz kishi jarohatlandi. Bu haqda France Bleu radiostansiyasi xabar berdi.

Yo‘l politsiyasining ma'lumotiga ko‘ra, voqeaga yo‘ldagi muzlama sabab bo‘lgan. YTH natijasida 13ta yengil avtomobil va beshta yuk mashinasi to‘qnashib ketgan.

Jabrlanganlarning to‘rt nafari og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid