Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda mintaqaviy transport aloqalari rivojlantiriladi
O‘zbekistonda mintaqaviy transport aloqalarini rivojlantirish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro shartnomalar loyihalari ishlab chiqiladi.
Bunda:
loukosterlarni jalb etish, aviareyslar va temir yo‘l reyslari sonini oshirish;
mamlakat hududlari va mintaqa mamlakatlari orasida muntazam avtobus, temir yo‘l va aviaqatnovlarni joriy etish;
turli transport reyslari o‘rtasida qulay muvofiqlikni tashkil etish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 noyabr, ijro uchun mas'ullar - Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zavtotrans” agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ.
Mavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
20:22 / 26.05.2026
«Toshkent – Samarqand» tezyurar avtomagistralida intellektual transport tizimi joriy etiladi
00:03 / 13.04.2026
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
09:50 / 23.03.2026