Jahon | 20:27 / 06.01.2019
9328
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyadan qo‘shinlarining to‘liq olib chiqilishi shartini ma'lum qildi  

Foto: AP Photo/Hussein Malla

AQSh qo‘shinlari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kurd tuzilmalariga hujum qilmaslikni kafolatlamaguncha Suriya shimolida qoladi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Isroilga tashrifi vaqtida aytib o‘tdi.

Boltonning ta'kidlashicha, kurdlar AQShga IShIDga qarshi kurashda yordam bergan va Vashington jangarilar tor-mor qilinmaguncha Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqmaydi.

Siyosatchining aytishicha, qo‘shinlar olib chiqilishining aniq muddati bajarilishi talab qilinadigan muayyan siyosiy qarorlarga bog‘liq bo‘ladi.

“Biz qo‘shinlar olib chiqilishi sharoitida bajarishimiz kerak bo‘lgan maqsadlar bor”, deb aytgan Bolton.

Maslahatchi, shuningdek, Turkiyani AQSh bilan kelishilmagan harbiy harakatlar o‘tkazmaslikdan ogohlantirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid