Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp eng ko‘p qidiriluvchi terrorchilardan biri yo‘q qilinganini tasdiqladi
AQSh prezidenti Donald Tramp eng ko‘p qidiriluvchi terrorchilardan biri, 2000 yilda “Koul” esminetsiga qarshi teraktga aloqador bo‘lgan Jamol Ahmad Muhammad Ali al-Badaviyning yo‘q qilinganini tasdiqladi.
Al-Badaviy “Al-Qoida” terrorchilik guruhining eng qidiriluvchi a'zolaridan biri bo‘lgan.
“Ajoyib harbiylarimiz “Koul” esminetsiga qarshi hujumda halok bo‘lgan va jabrlangan qahramonlarimizga nisbatan adolatni tiklashdi. Bu hujum yetakchisi Jamol al-Badaviyni hozirgina o‘ldirdik. “Al-Qoida”ga qarshi ishimiz davom etadi. Biz terrorchilikka qarshi kurashni hech qachon to‘xtatmaymiz”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Terrorchi FQBning eng ko‘p qidiriluvchi terrorchilari ro‘yxatida bo‘lgan. Uning qo‘lga olinishiga olib keluvchi axborot uchun 5 mln dollar mukofot puli tayinlangandi.
Terrorchi Yamanning Marib muhofazasida 1 yanvarda aviazarba natijasida o‘ldirilgan. Terrorchi hujum vaqtida bir o‘zi mashinada ketayotgan bo‘lgan.
2000 yil 12 oktyabrda terrorchi-xudkushlar portlovchi moddalar ortilgan kichik qayiqda Yamanning Adan portida yonilg‘i quyish uchun to‘xtagan “Koul” esminetsiga hujum qilgan. Hujum oqibatida 17 nafar amerikalik dengizchi halok bo‘lgan, 39 nafari jarohat olgan.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, al-Badaviy 2004 yil martda Yaman mutasaddi idoralari tomonidan ushlangan, biroq 2006 yil fevralda turmadan qochishga muvaffaq bo‘lgan. U va yana bir necha mahbus supurgi va singan ventilyator bo‘laklari yordamida turmadan yaqin oradagi masjidga olib boruvchi tunnel qazishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026