Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga yangi tuzilmalar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, qaror bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, vazirlik tizimiga quyidagi yangi tuzilmalar kiritildi:
malakani baholash markazlari;
Toshkent va Farg‘ona shaharlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari;
kasb-hunar kollejlari;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi;
“Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Monomarkaz” MChJ;
O‘zbekiston-Malayziya kasb-hunar ta'limi markazi;
oldindan ko‘niktirish va kasbga tayyorlash markazlari.
Bandlikka ko‘maklashish markazlari negizida ishga joylashtirish sohasida “bir darcha” prinsipi bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy ofislar tashkil etiladi.
Shuningdek, qarorga muvofiq vazirlik ixtiyoridagi 2-Toshkent yuridik kolleji Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji etib qayta ixtisoslashtirildi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
18:58 / 06.03.2026