Dunyodagi eng tartibli aviakompaniyalar va aeroportlar reytingi tuzildi
2018 yilda Panamaning Copa Airlines'i dunyoning eng tartibli aviakompaniyasi bo‘ldi, Tokioning «Xaneda» aeroportida esa eng kam kechiktirishlar va reyslarning bekor qilinishi qayd etildi. Bu haqda The Bell xabar bermoqda.
Ekspertlar tartibli deb 15 daqiqalik maksimal kechiktirish bilan ishlagan aviakompaniyalar va aeroportlarni hisoblashdi. Reyslarni bekor qilish ham hisobga olingan.
Reytingga faqat tahlilchilarda reyslarning jo‘nash hamda yetib kelish vaqti bo‘yicha 80 foiz ma'lumot mavjud bo‘lgan aviakompaniya va aeroportlar kiritildi.
Charter va yo‘lovchi bo‘lmagan tashuvlar hisobotda inobatga olinmadi.
Eng tartibli aviakompaniyalar top-10ligiga quyidagilar kirdi:
1. Copa Airlines (Panama)
2. AirBaltic (Latviya)
3. Hong Kong Airlines (Xitoy)
4. Hawaiian Airlines (AQSh)
5. Bangkok Airways (Tailand)
6. Qantas Airways (Avstraliya)
7. LATAM Airlines (Chili)
8. Azul (Braziliya)
9. Qatar Airways (Qatar)
10. KLM (Niderlandiya).
Dunyoning eng yirik aeroportlari orasidagi top-10 eng tartiblilari (hajmi - 30 milliondan ortiq yo‘lovchi)
1. Tokio «Xaneda» (Yaponiya)
2. Atlanta aeroporti (AQSh)
3. «Changi» (Singapur)
4. Denver (AQSh)
5. Los-Anjyeles (AQSh)
6. Madrid (Ispaniya)
7. «Dallas/Fort-Uert» (AQSh)
8. Amsterdam (Niderlandiya)
9. Bangkok (Tailand)
10. Chikago «O’Xara» (AQSh).
Mavzuga oid
10:45 / 12.09.2024
«Hech kim yordam berolmaydi» – Moskva aeroportida Rossiya fuqaroligini rad etgani uchun qaytarilgan migrant hikoyasi
08:54 / 12.09.2024
Shahrisabz aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi
17:16 / 09.09.2024
Shvetsiyadagi yirik aeroport dronlar tufayli bir necha soatga yopildi
01:19 / 07.09.2024