Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 2 yashar qiz gugurt o‘ynab, bolalar manejini yoqib yubordi
2019 yil 7 yanvar kuni Namangan shahar “Quyi Rovuston” MFYda yashovchi 25 yoshli N.F. (ayol)ning uyida 2 yashar qizi M.A. bolalar maneji ichida nazoratsiz qolib, gugurt o‘ynashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada alanga xonadagi pardaga o‘tib, yonayotgan parda bolaning ustiga tushgan vaqtida N.F. tomonidan o‘chirilgan.
Oqibatda ona va bola kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
10:59 / 13.06.2026