Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi maktabga hujum yuz berdi. 20 nafar o‘quvchi jarohatlandi
Foto: AP Photo / Ng Han Guan
Pekindagi boshlang‘ich maktablardan biriga noma'lum shaxs hujum qildi.

CGTV’ning yozishicha, hujum natijasida 20 nafar bola yaralandi, o‘quvchilardan uch nafari ancha og‘ir ahvolda qolmoqda.
People's Daily, China ma'lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, jarohat olganlar kasalxonaga yotqizildi.
Noma'lum shaxs aynan nima bilan qurollangani va bu ishni qilganiga nima sabab bo‘lgani hozircha xabar qilinmayapti.
Oktabr oyi oxirida Xitoyda oshxona pichog‘i bilan qurollangan ayolning bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilariga hujumi oqibatida 14 nafar bola jarohatlandi.
2017 yilning yanvarida noma'lum shaxs Xitoyning Pinsyan shahridagi bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilariga pichoq bilan hujum qildi, natijada 11 nafar bola jarohat olgan.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
18:37 / 30.01.2026
O‘zbekiston Xitoydan mandarin va ananas importini vaqtincha taqiqladi
18:03 / 29.01.2026