Jahon | 18:40 / 09.01.2019
32334
3 daqiqa o‘qiladi

344 milliarder: Xitoyning eng badavlat kishilari reytingi

Xitoy fond bozori va milliy valuta qadrining pasayishi, Tramp ma'muriyati bilan davomli savdo urushlari XXRning eng badavlat 400 kishisi kapitaliga ta'sir o‘tkazmay qolmadi. Ularning 75 foizining boyligi kamaydi, o‘tgan yilgi ro‘yxatga kiritilgan milliarderlarning 93 nafari bu yil reytingga kirmadi. Qolganlardan 229 tasining daromadi kamaydi, ularning uchdan bir qismi — 20 foizdan ko‘proq kirimni yo‘qotdi.

Forbes'ning navbatdagi milliarderlar ro‘yxatidan 344 nafar xitoylik o‘rin oldi, ularning birgalikdagi boyligi 12 foizga - 1,19 trillion dollardan 1,06 trillion dollarga kamaydi. Quyida Xitoyning eng badavlat kishilari Top-5 ro‘yxati taqdim etiladi:

1. Jyek Ma

Moliyaviy ahvoli: 34,6 mlrd dollar

Bir yillik o‘zgarish: 4 mlrd dollar

Foto: Reuters

Alibaba rahbari Jyek Ma 2018 yilning sentyabrida bir yildan so‘ng reteyl gigant kengashi raisi lavozimini tark etish niyati haqida ma'lum qildi. Shunga qaramay, u 2014 yildan buyon birinchi marta eng badavlat xitoyliklar ro‘yxatining birinchi pog‘onasidan o‘rin oldi.

2. Ma Xuaten

Moliyaviy ahvoli: 32,8 mlrd dollar

Bir yillik o‘zgarish: 6,2 mlrd dollar

Foto: Reuters

Tencent Holdings internet giganti rahbari Poni Ma (WeChat messenjeri ishlab chiquvchisi) Tesla, Spotify va Snap kompaniyalarida ham minoritar ulushga ega.

3. Xuey Ka Yan

Moliyaviy ahvoli: 30,8 mlrd dollar

Bir yillik o‘zgarish: 11,7 mlrd dollar

Foto: Reuters

Eng badavlat xitoyliklar reytingining o‘tgan yilgi yetakchisi boshqalardan ko‘proq pul yo‘qotdi, zero unga tegishli China Evergrande developer kompaniyasining aksiyalari 12 oyda 33 foizga tushib ketdi.

4. Van Tszyanlin

Moliyaviy ahvoli: 22,7 mlrd dollar

Bir yillik o‘zgarish: 2,5 mlrd dollar

Foto: China Stringer Network

Dalian Wanda konglomerati egasi o‘z boyligini yo‘qotishda davom etmoqda. U bir yil ichida katta chegirmalar e'lon qilib, hatto AMC Amerika kinoteatrlari tarmog‘idagi ulushi bilan ham xayrlashdi.

5. Xe Syantszyan

Moliyaviy ahvoli: 19,5 mlrd dollar

Bir yillik o‘zgarish: 0,8 mlrd dollar

Foto: AFP

Midea Group sohibi — top-5 ro‘yxatida o‘z mablag‘larini oshirishga muvaffaq bo‘lgan yagona milliarder. 1968 yilda u tomonidan asos solingan Midea 37,2 mlrd dollarlik sotuvlarga ega dunyodagi eng yirik uy texnikasi ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylandi.

Xitoylik milliarderlarning to‘liq ro‘yxati bilan forbes.com/china saytida tanishishingiz mumkin.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid