Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada vazirlar mahkamasi vakolatlari cheklab qo‘yildi
Buyuk Britaniya parlamentining jamoatlar palatasi Brexit kelishuvsiz yuz beradigan bo‘lsa, hukumat vakolatlarini cheklab qo‘yish uchun ovoz berdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 303 nafar deputat hukumatning budjet qonun loyihasiga o‘zgartishlarni qo‘llab-quvvatlagan.
Qayd etilishicha, ovoz berish yakunlari Britaniya bosh vaziri Tereza Mey vazirlar mahkamasining Brexit shartlari bo‘yicha parlamentda ovoz berishdan oldin zaifligiga yana bir isbot bo‘ldi.
Shu bilan birga, o‘zgartishlar Britaniya vazirlar mahkamasining bir qator moliyaviy vakolatlarini cheklaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guardian Britaniyada «qattiq» Brexit holatiga minglab politsiyachilar tayyorlanayotgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026