Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guardian: Britaniyada «qattiq» Brexit holatiga minglab politsiyachilar tayyorlanmoqda
Yanvar oyida Shotlandiya va Angliyadan mingga yaqin politsiyachini Shimoliy Irlandiyaga ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘riladi. Bu Britaniya Yevroittifoq tarkibidan Brexit bo‘yicha kelishuvsiz chiqsa, ehtimoliy namoyishlarda xavfsizlikni ta'minlash uchun kerak, deb yozmoqda The Guardian.
Ta'kidlanishicha, Shimoliy Irlandiya politsiyachilari qo‘shimcha kuch haqida so‘rashgan. Nashrdan qayd etishlaricha, Shimoliy Irlandiya rasmiylari ayni vaqtda Britaniyaning Yevroittifoqdan kelishuvsiz chiqib ketishi ehtimolini «juda yuqori», deb baholashmoqda.
Avvalroq, Brexit bo‘yicha sobiq vazir Devid Devis Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga Brexit bo‘yicha kelishuvga oid ovoz berish jarayonini kechiktirishni maslahat bergandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Mey Britaniya tarixida «yangi bob» va'da qilgandi.
Mavzuga oid
20:11
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026